23/01/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi D.Ortiqov tomonidan  Beshariq tumani “Telov” MFYda istiqomat qiluvchi A.Saidakramov hamda “Chimboy” MFY B.Juliyevlar xonadonlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar  hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi. 

 

photo2023-01-2315-47-33
photo2023-01-2315-40-54
     

Axborot xizmati.