23/01/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatining ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 28 375,8 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 93,4 %ini tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoatda ayrim turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmlari:
Dizel yoqilg‘isi – 329,4 ming tonna
Avtomobil benzini –254,8 ming tonna
Kalava ip mahsulotlari – 117,8 ming tonna
Paxtadan tayyorlangan matolar – 43297,0 kv.metrni tashkil etdi.