Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 225,4 mln. AQSh dollari qiymatiga teng 302,4ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga ko‘paydi.
Shundan:
Uzum – 75,3 ming tonna
Qashqar gilos – 12,5 ming tonna
Pomidor – 20,4 ming tonna
Shaftoli (nektarin) – 39,7 ming tonna
Xurmo – 22,4 ming tonna
Olxo‘ri - 15,6 ming tonna
Karam – 14,5 ming tonna
Lovoyalar – 2,7 ming tonna
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya Federatsiyasi – 208,3 ming tonna
Qozog‘iston – 43,1 ming tonna
Qirg‘iz Respublikasi – 39,0 ming tonna
Pokiston – 2,6 ming tonna
Belarus – 2,3 ming tonna
Afg‘oniston –1,2 ming tonna
Boshqa davlatlar – 4,3 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.