26/01/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida oziq-ovqat tovarlari hajmi 178,3 million AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 29,3 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 14,2 %ga yetdi.

Shundan:
Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar – 118,4 mln.
Meva va sabzavotlar – 19,0 mln.
Tirik hayvonlar –13,9 mln.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 3,7 mln.
Hayvonlar uchun ozuqa – 4,9 mln.AQSh dollarini tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Qozog‘iston –123,8 mln.
Qirg‘iziston – 18,3 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 9,4 mln.
Xitoy Xalq Respublikasi – 10,0 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri keldi.