Joriy yilning 27-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti va siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev tomonidan quyidagi yangi qabul qilingan qonunlar, amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikrlar bildirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar kunidagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvar kunidagi “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-12-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvar kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-13-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 25-yanvar kuni dagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘i v.b Sh.Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari F.Yakubov va E.Ro‘ziboyev, bo‘lim boshliqlari U.Sobirov va J.Akbarovlar tomonidan javoblar berildi.
Axborot xizmati.