30/01/2023

Kuni kecha Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan  Toshloq tumani “Yakkavut” MFYda istiqomat qiluvchi N.Rahimov hamda mutaxassis O.Xolbekov tomonidan O‘zbekiston tumani “Dahanaqaqir” MFY B.Haydarovlar xonadonlarida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari amalga oshirildi. Kuzatuv jarayonida mazkur uy xo‘jaliklari olgan moddiy yordami, pul o‘tkazmalari, ijtimoiy o‘tkazmalar, sovg‘alar, xayriyalar, so‘nggi 7 kun ichida 86 ta mahsulot turi bo‘yicha sotib olingan va iste’mol qilingan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga qilingan xarajatlar  hamda boshqa  ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

 

photo2023-01-3011-23-37
photo2023-01-3011-28-35
      

Axborot xizmati.