Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 33 395,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Shu jumladan
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilikda – 32 824,3 mlrd.
O‘rmon xo‘jaligi – 348,9 mlrd.
Baliqchilik xo‘jaligi – 222,1mlrd. so‘mga to‘gri keldi.
Respublika tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi Farg‘ona viloyatining ulushi 9,75 %ni tashkil etdi.