02/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 383,4 ming tonna meva yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvar–dekabr nisbatan 4,4 % ga ko‘pdir.

Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 209,8
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari –162,1
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 11,5 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.

Meva yetishtirish bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Quvasoy sh. - 57 938,5 tonna
Farg‘ona t. - 50 709,6 tonna
Quva t. - 35 494,2 tonnani tashkil etdi.