02/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 557,9 mln. dona tuxum yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvar–dekabr nisbatan 4,0 %ga ko‘pdir.

Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 119,9
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari –368,0
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 70,0 mln.donaga to‘g‘ri keldi.

Tuxum yetishtirish bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Beshariq t. - 71 658,6 ming dona
Quvasoy sh. - 71 620,0 ming dona
Uchko‘prik t. - 44 074,9 ming donani tashkil etdi.