03/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha parrandalarning umumiy bosh soni 8 499,1mingtaga yetdi. 2021–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 361,6 mingtaga kamaydi.

Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 1 460,0 ming bosh
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari –5 284,5 ming bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 1754,6 ming boshga to‘g‘ri keldi.

Parranda yetishtirish bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Beshariq t. - 1 010 750 bosh
Quvasoy sh. - 799 899 bosh
Bag‘dod t. – 766 145 bosh miqdorida qayd etildi.