Joriy yilning 3- fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022-yil IV-chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich, “Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi” boshlig‘i Jo‘rayev Xurshid Mamatqulovichlar “ZOOM” platformasi orqali onlayn tarzda hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar. Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sh. Mamadaliyev kirish so‘zi bilan ochib, milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosi yuzasidan so‘z yuritdi. Shundan so-ng Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining tarmoq bo‘lim boshliqlari tomonidan 2022-yilning IV-choragida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar va shahar, tuman statistika bo‘limlari faoliyatida erishilgan ijobiy natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar to‘g‘risida axborot berib o‘tildi. Bundan tashqari 2022-yil yakuni bo‘yicha qabul qilinadigan 1-kb va 1-fx shakli statistika hisobotlari qamrovi va sifatini ta’minlash masalalariga ham atroflicha to‘xtalib, shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilish so‘nggida 2022-yilning IV-choragi davomida shahar, tuman statistika bo‘limlarining faoliyati natijadorligi yuzasidan o‘tkazilgan baholash yakunlari bo‘yicha yahshi ishlagan va yuqori natijalarga erishgan shahar va tuman statistika bo‘limlari boshqarmaning Faxriy Yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Axborot xizmati.