06/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 55 972,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 4,6 %ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2021- yil narxlariga nisbatan 112,0 %ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,3 %ga yetdi.