Joriy yilning 3-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining barcha tarmoq bo‘limi boshliqlari va shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirokida “2022- yil davomida, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan ishlar va joriy yilda ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar haqida”gi masalaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masala bo‘yicha boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev ma'ruzasi tinglandi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2023-yil 27-yanvardagi 01/1-27-10/3-2-sonli ko‘rsatma xatiga asosan amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, 2021-yil 6-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6257-son Farmoniga, 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5177-son qaroriga, 2022 yil 12 yanvardagi PQ-81-son qaroriga, va 2022- yil 11-maydagi PQ-240-son qarori talablariga qat'iy amal qilish haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng mazkur yo‘nalishda qabul qilingan hujjatlarning ijrosi zudlik bilan bajarilishi shartligi alohida belgilanib, ijrochilarning mas'uliyati oshirilishi, xodimlarda korrupsiyaga toqatsizlikni rivojlantirish, oldini olish, minimallashtirish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha turkum o‘quv seminar mashg‘ulotlari tashkillanishi, har bir xodimga o‘z lavozim yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan vakolatlar va majburiyatlariga to‘liq amal qilishi shartligi bo‘yicha kunlik rahbarlar tomonidan idoraviy nazoratni yanada mustahkamlashga, shuningdek xodimlar va rahbarlarning shaxsiy javobgarligi oshirilishi, xodimlarning ish kopmyuterlarida hisobot topshiruvchi subyektlarning elektron raqamli kalitlari bor yoki yo‘qligi bo‘yicha boshqarmaning tegishli bo‘limi tomonidan kunlik nazorat o‘rnatilib, o‘rganish natijalari muntazam boshqarma rahbariyatiga kiritish haqida qaror qabul qilindi.
Axborot xizmati.