Выберите любой текст и нажмите на иконку, чтобы прослушать!

06/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev o‘zining slaydli ma‘ruzasi bilan qatnashib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining 2023- yil 27-yanvardagi 01/1-27-10/3-2-sonli ko‘rsatma xati ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-may kunidagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berdi. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilganligi, korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta'sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e'tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelayotganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.

Seminarda bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari F.Yakubov va E.Ro‘ziboyevlar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

 

photo2023-02-0612-21-36
photo2023-02-0612-21-12
photo2023-02-0611-52-19

Axborot xizmati.

We are offline - Send us an email
Sorry, we are not online at the moment. Leave a message and we will get back to you.
Please give us some info to serve you better.
×
File size larger than 50 Mb
×
File type not allowed
Send chat transcript to your email:
×
Transcript sent!
Are you sure you want to close this chat?
Thank you. We would appreciate it if you could rate this chat

No, thanks
Выбирайте и слушайте