07/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6906,8 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 80,7 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 104,4 %ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
Farg‘ona shahar - 1783,6 mlrd.so‘m
Marg‘ilon shahar – 521,8 mlrd.soʻm
Qo‘qon shahar - 503,4 mlrd.soʻm
Qo‘shtepa tumani - 411,4 mlrd.so‘m
Bag‘dod tumani -411,1 mlrd.soʻm
Toshloq tumani – 352,8 mlrd.so‘m
Oltiariq tumani – 348,3 mlrd. so‘m hissasiga to‘g‘ri keldi.