07/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga, sigirlarning umumiy bosh soni 387,6 ming taga yetdi. 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni – 8,4 ming taga ko‘paydi.

Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 32,0 ming bosh
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 352,2 ming bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 3,4 ming boshga to‘g‘ri keldi.

Sigir yetishtirish bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Oltiariq t. - 36 280 bosh
Beshariq t. - 31 378 bosh
Dang‘ara t. – 29 668 bosh miqdorida qayd etildi.