Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 9 731,7 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 63,2 %ini tashkil etdi. O‘sish sur’ati 2021-yilga nisbatan 117,2 %ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi:
Qo‘shtepa tumani - 1 126,7 mlrd.so‘m
Farg‘ona shahar - 1 009,7 mlrd.so‘m
Uchko‘prik tumani – 995,0 mlrd.so‘m
Qo‘qon shahar - 839,5 mlrd.soʻm
Marg‘ilon shahar – 827,4 mlrd.soʻm
Toshloq tumani – 620,2 mlrd.so‘m
Quvasoy shahar – 530,0 mlrd. so‘m hissasiga to‘g‘ri keldi.