Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 23254,4 mlrd.so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 89,4 %ini tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021-yilga nisbatan 107,2 %ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida yuqori ulushga ega bo‘lgan kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi:
Marg‘ilon shahar – 4 398,9 mlrd.soʻm
Qo‘qon shahar - 4 262,8 mlrd.soʻm
Farg‘ona shahar - 3 736,0 mlrd.so‘m
Uchko‘prik tumani – 1 322,1 mlrd.so‘m
Quva tumani - 1 056,0 mlrd.so‘m
Buvayda tumani – 844,2 mlrd.soʻm hissasiga to‘g‘ri keldi.