Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyeklari tomonidan 14150,6 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 63,2 %ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2021-yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,2 %ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:
Farg‘ona shahri - 3414,4mlrd.so‘m
Qo‘qon shahri - 2028,3mlrd.so‘m
Marg‘ilon shahri - 778,8mlrd.so‘m
Buvayda tumani - 664,3mlrd.so‘m
Farg‘ona tumani - 610,7mlrd.so‘m
Quva tumani - 602,8mlrd.so‘m
Toshloq tumani - 549,1mlrd.so‘mga to‘g‘ri keldi.