09/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil IV-chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 1 546 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi.

Shundan:
Iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholaganlar - 557 tasi
Iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholaganlar - 887 ta
Iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholaganlar - 102 taga to‘g‘ri keldi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi:
Savdoda – 601ta
Xizmatlar sohasida – 433 ta
Sanoatda – 340 ta
Qurilishda – 134 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 38 tani tashkil etdi.