Joriy yilning 9-fevral kuni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Marg‘ilon shahridagi “Sholdirama” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi. Tadbirda aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalik va bolalaikni muhofaza qilish, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa ekanligi haqida so‘z yuritildi.
Axborot xizmati.