09/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 651,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 169,0 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 6,5 % punktga ko‘payib, 19,3 %ni tashkil etdi.

Shundan eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hudud:
Marg‘ilon shahar– 45,0 %
Farg‘ona shahar – 28,6 %
Dang‘ara tumani – 8,3 %ni tashkil etdi.