10/02/2023

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami qurilish ishlarining 75,1 %i yoki 6 424,8 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 1 420,7 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar - 3 156,1 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor - 1 848,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.