Joriy yilning 13-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopovlar, ishtirokida Farg‘ona shahar dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.