Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida jami 15396,7 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib,o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,3 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Jalb etilgan mablag‘lar hisobidan- 9 450,8 mlrd. so‘mi
Korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan - 5 945,9 mlrd. so‘m moliyalashtirildi.