Joriy yilning 10-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “huquq” soati bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda boshqarma tarmoq bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboev o‘zining slaydli maʼruzasi bilan qatnashib, ishtirokchilarga Statistika Аgentligining 2023-yil 27-yanvardagi 01/1-27-10/3-2-sonli ko‘rsatma xati ijrosini taʼminlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining 2022-yil 31-avgustdagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash Uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuntirish berdi. Bundan tashqari, yig‘ilish raisining taklifiga ko‘ra, kun tartibiga qo‘yilgan navbatdagi masala yuzasidan yaʼni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Аgentligi Farg‘ona filiali tomonidan tavsiya etilgan, Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “siyosiy –maʼrifat soati”da taqdim etilgan videorolik namoyishi va muhokamasi bo‘yicha boshqarmaning Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Аkbarovning maq’ruzasi tinglandi.
Seminarda bo‘lib o‘tgan muzokaralarida boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliev va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Yakubovlar o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
Axborot xizmati.