Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Z. Ziyayev rahbarligida aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan videoaloqa orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov ishtirok etmoqdalar. Yig‘ilishda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini izchilik bilan davom ettirishish, mahalla fuqarolar yig‘ini xaritalaridagi o‘zgartirishlar, joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarni sifatli tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida mazkur jarayonning mazmun va mohiyatini tishuntirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hududiy ishchi guruhlarining hisobotlari tinglanmoqda.
Axborot xizmati