14/02/2023

Joriy yilning 14- fevral kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev  va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi intervyuyeri M. To‘xtamatov bilan birgalikda Farg‘ona shahar, "Mustaqillik” MFY, “Kelajak” ko‘chasi, 53-uyda yashovchi  fuqaro Yu.To‘xtaboyev bilan yaqindan suhbatlashdi, kuzatuvning maqsad  va vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdilar. Shakllangan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz:  Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

 

photo2023-02-1416-03-56
photo2023-02-1416-03-50
photo2023-02-1416-04-00

Axborot xizmati.