Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2597,9 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida 774,5 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 132,1 %ni tashkil etdi.