16/02/2023

2023- yilning yanvar oyida jami 563 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Savdo sohasida – 232 ta
Sanoat sohasida – 70 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 20 ta
Qurilish sohasida – 52 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 ta
Tashish va saqlash sohasida – 40 ta
Axborot va aloqa sohasida – 51 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 13 ta
Boshqa sohalarda – 57 ta