16/02/2023

2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 49 609 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 11 072 tani tashkil qildi.

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
 Farg‘ona shahri – 2 007 ta
 Marg‘ilon shahri – 976 ta
 Buvayda tumani – 741 ta
 Bag‘dod tumani – 704 ta
 Quva tumani – 611 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanganda:
 savdo sohasida – 4 471 ta
 sanoat sohasida – 2 317 ta
 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 894 ta
 qurilish sohasida – 824 ta
 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 462 taga to‘g‘ri keldi.