Joriy yilning 17-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev hamda “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilovlar tomonidan «12-narx iste’mol» oylik kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligi kuzatildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Bundan tashqari, narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Axborot xizmati.