2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 567 tani, shundan qo‘shma korxonalar 336 ta va xorijiy korxonalar 231 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Sanoat sohasida – 293 ta
Savdo sohasida – 119 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 31 ta
Qurilish sohasida – 29 ta
Tashish va saqlash sohasida – 18 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 16 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 11 ta
Axborot va aloqa sohasida – 5 ta
Boshqa sohalarda – 45 ta