Quvasoy shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi N.Niyozov tomonidan Quvasoy shahar dehqon va chorva bozorlarida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda chorva va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada mazkur bozorlarning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotlar va chorva mollari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda chorva va parrandalarning majburiy talablarga javob beradigan sharoitlarga muvofiq saqlanishi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.