Joriy yilning 18-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanining sektor rahbarlari, kadastr agentligi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli ko‘cha nomlari belgilari standartlar bo‘yicha tayyorlanishi va ilinishi hamda uylarni raqamlashtirish ishlarini izchilik bilan oxiriga yetkazish haqida ma’ruza qildi.
Axborot xizmati.