20/02/2023

Joriy yilning 17-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida navbatdagi huquqiy savodxonlik soati bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboev o‘zining slaydli maʼruzalari bilan qatnashib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevral kunidagi “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevral kunidagi “Tadbirkorlik subʼektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-son farmonlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berdi.

Seminarda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Yakubov, bo‘lim boshligʼi O‘.Sobirovlar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Bundan tashqari, yig‘ilish raisining taklifiga ko‘ra, kun tartibiga qo‘yilgan navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Аgentligi Farg‘ona filiali tomonidan tavsiya etilgan, Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “siyosiy –maʼrifat soati”da taqdim etilgan videorolik namoyishi muhokamasi bo‘yicha boshqarma Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J. Аkbarovning axboroti tinglandi.

 

photo2023-01-1214-35-52

Axborot xizmati.