20/02/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1-fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 43 515 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 43 266 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
 Farg‘ona shahrida – 7 250 ta
 Qo‘qon shahrida – 5 030 ta
 Marg‘ilon shahrida – 4 014 ta
 Dang‘ara tumanida – 2 246 ta
 Oltiariq tumanida – 2 215 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
 savdo sohasida – 16 308 ta
 sanoat sohasida – 10 000 ta
 qurilish sohasida – 3 757 ta
 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 707 ta
 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 241 ta