Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi joylarda aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. Chunonchi, joriy yilning 22-fevral kuni “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan Bag‘dod tumani “Muqimiy” MFYning fuqarolari o‘rtasida mazkur tadbirning mohiyati va mazmuni, qarorda ko‘rsatib o‘tilgan tashkiliy masalalardan ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi, uylarni raqamlashtirish nima uchun kerakligi haqida tushuntirishlar olib borildi.
Axborot xizmati.