Joriy yilning 22-fevral kuni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Bag‘dod tumanidagi 17- umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchi xodimlari ishtirokida seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi. Tadbirda aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalik va bolalaikni muhofaza qilish, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asosiy manbaa ekanligi haqida so‘z yuritildi.
Axborot xizmati.