Mamalakatimizning barcha joylardagi kabi viloyatimizda ham aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 23-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligi o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev, boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, Marg‘ilon shahar hokim maslahatchisi U.Mahmudovlar tomonidan Marg‘ilon shahar “Yorqin” MFYda mazkur tadbirga tayyorgarlik ishlari qanday borayotganligi o‘rganildi. Bundan tashqari, aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratligi tushuntirildi. Shu bilan birga mazkur mahallaning yangilangan xaritasida ko‘rsatib o‘tilgan barcha ko‘chalariga ko‘cha nomi belgilari ilingan bo‘lishi, raqamlanmagan uy xo‘jaliklari raqamlanishi, mahallada mavjud noturar binolariga yanada aniqliklar kiritish ishlarini izchilik bilan oxiriga yetkazish uqtirib o‘tildi.
Axborot xizmati.