24/02/2023

Joriy yilning 24-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A. Abdurazakov, mazkur bo‘lim birinchi toifali mutaxassisi G‘. Mamajonov, Farg‘ona shahar “Аl Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘inining raisi hamda faollari bilan hamkorlikda mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan ko‘chalar nomi belgilarining ilinishi, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish ishlarini oxiriga yetkazishga kelishib olindi. Bundan tashqari aholi o‘rtasida mazkur tadbirning  mazmun-mohiyati haqida targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

photo2023-02-2411-39-23
photo2023-02-2411-41-57
photo2023-02-2411-38-23

Axborot xizmati.