27/02/2023

Joriy yilning 24-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, Quvasoy shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodiqov, shahar statistika bo‘limi intervyuyeri E.Rahmonovlar ishtirokida Quvasoy shahridagi “Yuqori Mo‘yan” MFY, “Hamkor” ko‘chasi, 38 “A” uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Umarov xonadonida xo‘jalik usulida qurilgan, yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvi olib borildi. Kuzatuvda ishga tushirilgan uy-joyning umumiy maydoni, yollanma ishchilar soni, ishlagan kunlar soni, uy-joy hamda hovlidagi qo‘shimcha xo‘jalik qurilishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining miqdori kabi ma’lumotlar o‘rganilib, joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

 

photo2023-02-2713-20-04
photo2023-02-2713-20-20
photo2023-02-2713-55-19

Axborot xizmati