Joriy yilning 24-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, mazkur bo‘lim birinchi toifali mutaxassisi G‘.Mamajonovlar Qo‘shtepa tumani “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni solishtirish ishlarini amalga oshirdilar. Bundan tashqari aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarining mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlariolib borildi.
Axborot xizmati.