Joriy yilning 24-fevral kuni Farg‘ona viloyati Statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda, viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev o‘zining slaydli ma’ruzasi bilan qatnashib, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-817-son qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi.
Seminarda bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliyev, bo‘lim boshliqlari A.Soliyev, J.Akbarov va O‘.Sobirovlar o‘zlarini fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bundan tashqari, yig‘ilish raisining taklifiga ko‘ra, kun tartibiga qo‘yilgan navbatdagi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi Farg‘ona filiali tomonidan tavsiya etilgan, Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “siyosiy–ma'rifat soati”da taqdim etildi. Videorolik namoyishi muhokamasi bo‘yicha boshqarma Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Akbarovning fikr va mulohazalari ham tinglandi.
Axborot xizmati.