2023- yilning yanvar oyiga kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 58,3 %i to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar oyiga ko‘rsatkichiga nisbatan 9,3 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning mos davriga nisbatan 60,6 %ni tashkil etgan holda 200,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri - 82,4 mlrd. so‘m
Bag‘dod tumani – 33,1 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 27,2 mlrd.so‘m
Qo‘shtepa tumani – 10,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.