Joriy yilning 27-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan Farg‘ona tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Imatov tomonidan tumandagi “O‘zbekiston” MFY, “Terakzor” ko‘chasi, 155 "A"-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Do‘lanov xonadonida tanlanma kuzatuv o‘tkazildi. Kuzatuvda uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymatida material, mehnat harajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlari yig‘indisini aniqlash ishlari olib borildi.
Axborot xizmati.