Joriy yilning 28-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi B. Ahadjonov, mazkur bo‘limning yetakchi mutaxassisi L.Omonov hamda Bag‘dod tumani “Amirobod” mahalla fuqarolar yig‘inining vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Axborot xizmati.