Joriy yilning 1-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliyev ishtirok etib, statistika dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli ijrosini ta’minlaganligi va faoliyatida yuqori samaradorlikga erishganligi uchun viloyat statistika boshqarmasining bir qator tarmoq bo‘limi boshliqlari Statistika agentligining Faxriy yorlig‘i va pul mukofoti bilan taqdirladi.
Axborot xizmati.