02/03/2023

2023-yil yanvar oyi holatiga Bag‘dod tumani tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,0 mln.AQSh dollariga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 349,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Eksport – 1,7 mln.AQSh dollari
Import – 2,2 mln.AQSh dollari miqdorida qayd etildi.

Bag‘dod tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 39,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 89,3 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar –1,4 mlrd. so‘m
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 37,6 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 172,8 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 3,6 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 0,6 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 0,8 mlrd.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 10,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.