2023-yil yanvar oyi holatiga Uchko‘prik tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 66,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,6 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 39,9 mlrd.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 26,8 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi – 278,1 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 3,3 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 1,0 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 0,7 mlrd.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 12,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Uchko‘prik tumani tashqi savdo aylanmasi hajmi 21,7 mln.AQSh dollariga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 169,8 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Eksport – 5,5 mln.
Import – 16,2 mln.AQSh dollari miqdorida qayd etildi.